Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ma'lumotlariga ko'ra, 2021 yilda O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 22,6 foizga oshib, 604,5 million dollarni tashkil etgan bo'lsa, Tojikistonga eksport hajmi 23,6 foizga oshib, 500,9 million dollarni, import 17,7 foizga oshib, 103,6 million dollarni tashkil etdi.
Pandemiya davrida Tojikiston bilan tovar ayirboshlash hajmi kamaymadi va bir oz bo'lsada, 2019 yildagi 480,5 million dollardan 2020 yilda 493,1 million dollargacha 2,7 foizga oshganini ko'rsatdi.
2021 yilda O'zbekiston dunyoning 182 davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. Tojikistonning O'zbekiston tashqi savdosidagi ulushi: umumiy tovar aylanmasida — 1,4 foiz, eksport — 3,0 foiz va import — 0,4 foizni tashkil etdi.
2021 yilda O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 604,5 million dollarni tashkil etdi, bu o'tgan yilga nisbatan 111,4 million dollarga ko'pdir.
Ta'kidlab o'tish kerakki, Tojikiston O'zbekiston bilan ijobiy savdo balansiga ega bo'lgan to'rt davlatdan biridir. 2021 yilda bu ko'rsatkich Tojikiston bilan 397,3 million dollarni tashkil qilgan. Tojikiston bilan tovar aylanmasida O'zbekiston eksporti 82,8 foizni tashkil etadi va o'z hajmi bo'yicha Tojikiston o'zbek mahsulotlarini import qiluvchi davlatlar orasida 7-o'rinni egallaydi.
2022 yilning yanvar-aprel oylarida O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 187,7 million dollarni tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 34,8 foizga o'sdi. Shundan eksport 138,5 million dollarni (o'sish 13,8 foiz), import 49,2 million dollarni (o'sish 2,8 barobar) tashkil etdi.