Shu munosabat bilan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya bugun, 14-may kuni mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat obyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish oʻrin olgan.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya yigʻilishi yakunlari boʻyicha hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi
Bosh vazirining Matbuot xizmati