Qaror bilan Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 2021-yil 10-iyun kuni Oʻzbekiston hamda Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida imzolangan Tojikiston-Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgach, uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.