Politsiya bayonotiga ko'ra, parlament a'zolari Dushanbedagi avtomobil yo'llari va piyodalar o'tish joylarida 2030-yilgacha elektrosamokatlar va skuterlarni taqiqlashga qaror qilgan. Biroq, belgilangan joylar bundan mustasno, deb xabar berdi nur.kz.
“Bu qaror elektrosamokatlar va skuterlardan tartibsiz foydalanishni tartibga solish, ular bilan bog'liq baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish, transport vositalari va piyodalar harakatiga to'sqinlik qilishning oldini olish, yo'l harakati qatnashchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilindi.
Cheklov bunday transport vositalarining xavfsiz ishlashi uchun zarur infratuzilma yaratilgunga qadar amal qiladi”, deyiladi xabarda.








