Tojikiston rahbari matbuot xizmati saytida e'lon qilingan tabrigida so'nggi yillarda dunyoda vaziyat jadal sur'atlar bilan murakkablashayogani, bugungi kunning tahdid va xatarlari, jumladan, terrorizm, ekstremizm va kiberjinoyatlar tobora jiddiylashib borayotganini ta'kidladi.
“Mana shunday notinch zamonda biz o'z mustaqilligimiz va erkimizni himoya qilishga hamisha ogoh bo'lishimiz kerak, toki g'aflatda qolmaslik uchun. Mamlakatimizda xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni ta'minlash nafaqat hukumat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri, balki ham har bir vatanparvar yurtdoshining birinchi galdagi vazifasidir”, deyiladi Prezident Murojaatnomasida.
Shuningdek, u dunyo mamlakatlari iqlim o'zgarishining qurg'oqchilik, tabiiy ofatlar va yuqumli kasalliklar tarqalishi kabi oqibatlariga duch kelayotganini ta'kidladi, deb xabar beradi report.az.