Tojikistonda mamlakatimizni targ'ib qiluvchi maxsus mediakontentlar nashr qilinmoqda

    Bu loyiha respublikamizning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasini Tojikistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

    Mamlakatimizning turistik salohiyatini targʻib qilishga qaratilgan maxsus material Tojikistonning “Asia plus” media guruhi saytida nashr etildi.

    Maqola “Salom, Oʻzbekiston!” sarlavhasi ostida eʼlon qilingach, shu material asosida “Ajoyib Oʻzbekiston. Qiziqarli sayohatni boshdan kechiring”, “Oʻzbekiston fotosuratlarda: sayyohlik markaziga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega mamlakat” nomli materiallar Tojikistonning bir nechta ommaviy axborot vositalarida ham nashr qilindi.

    Tojikistonning tashqi reklama bannerlariga egalik qiluvchi “Somon Reklama” MCHJ bilan hamkorlikda 2023-yilning 1-iyulidan boshlab joriy yilning oxiriga qadar, Dushanbe shahrining markaziy maydonlari, koʻchalari va aholi gavjum boʻlgan 5 ta nuqtasida joylashgan LED ekranlarida respublikamizning turistik salohiyatiga bagʻishlangan videoroliklar namoyishi yoʻlga qoʻyildi.

    Bu loyiha respublikamizning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasini Tojikistondagi Elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

    Maʼlumot uchun, Elchixona hamda Media guruh bilan hamkorlikda 2023-yilning 31-dekabrigacha 6 oy muddatga shartnoma imzolangan boʻlib, internet nashrlari yil oxiriga qadar Oʻzbekistonning turistik salohiyatiga bagʻishlangan yangilik va maʼlumotlar bilan boyitib boriladi.

    Bundan tashqari mazkur maʼlumotlar Media guruhning koʻp sonli obunachilariga ega ijtimoiy tarmoqlariga ham joylashtiriladi.