Shu munosabat bilan o‘zbekistonlik kinoijodkorlardan iborat delegatsiya Tojikistonda bo‘lib turibdi,
Delegatsiya tarkibida O‘zbekiston xalq artistlari Xayrulla Sa'diev, Tesha Mo‘minov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Saidov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Jahongir Ahmedov kabi taniqli kino namoyandalari bor.
Kino kunlari doirasida tojikistonlik kino ixlosmandlari uchun «Ilhaq», «Rangsiz tushlar», «Xalq yuragi», «Hamkorlik bo‘yicha navbatchi», shuningdek, o‘zbek kinosi nodir durdonalariga aylangan «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Sirli sandiq» singari filmlar namoyishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi «Dunyo» AA.