Bu haqda Akbarsho Iskandarov faoliyat yuritgan Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi xabar berdi.
“Aziya Plyus” portalining yozishicha, 72 yoshli Iskandarovning hibsga olingani haqidagi ma'lumotni 1-avgust kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Milliy fanlar akademiyasi Falsafa, siyosatshunoslik va huquq instituti direktori Nozim Mahmadizoda tasdiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, “Iskandarov taxminan ikki oy oldin so'roqqa chaqirilgan va hibsga olingan”. “Jinoyat ishi maxfiy. Shuning uchun bizda qo'shimcha ma'lumotlar yo'q. Bizda tergov jarayoniga aralashmaslikka harakat qilyapmiz”, deya Mahmadizoda so'zlaridan iqtibos keltiradi portal.
Akbarsho Iskandarov 1992-yil avgustida Tojikiston Oliy kengashi rahbari lavozimini egallagan. O'sha yili respublikada boshlangan fuqarolar urushi davrida saylangan prezident Rahmon Nabiyev o'z lavozimini tark etganidan so'ng Akbarsho Iskandarov sentabr-noyabr oylarida respublika prezidenti vazifasini bajaruvchi bo'lgan. 1992-yil noyabr oyida Akbarsho Iskandarov Oliy kengash rahbari lavozimidan ozod etildi va uning o'rniga Emomali Rahmon 1994-yil noyabrida Tojikiston prezidenti etib saylandi, deb xabar beradi tass.ru.