Ularning aksariyati Vahdat shahri va Rudakiy tumani aholisidir, deya xabar beradi prezident matbuot xizmati.
Vahdat shahri hududida ko'chkilar oqibatida to'rtta qishloq vayron bo'ldi, 100 dan ortiq xonadon aholisi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilindi. Dushanbe atrofida esa sel bir necha turar-joy binolariga qisman zarar yetkazdi. 14 ta avtomashinaga loy massasi yopirildi. Tabiiy ofat tufayli beshta ko'prik, Dushanbe va Xo'jand o'rtasidagi yo'l zarar ko'rdi.
Mamlakat Prezidenti Emomali Rahmon halok bo'lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga yordam ko'rsatishni topshirdi, deb xabar beradi mir24.tv.