“Roxi oxani Tochikiston” (Tojikiston temir yo'llari, TTY) davlat unitar korxonasining “Aziya-Plyus” nashriga ma'lum qilishicha, baxtsiz hodisa 14-dekabr kuni tumandagi Daxana qishlog'i yaqinida sodir bo'lgan.
Davlat unitar korxonasi baxtsiz hodisaga ko'chki (tuproq ko'chishi) sabab bo'lganini aniqladi, oqibatda relsga zarar yetdi. Poyezd relsdan chiqib ketdi, ag'darildi va yonib ketdi. Poyezd tashgan yonilg'i turi aniqlanmagan.
TTY hodisada hech kim jabrlanmaganini ma'lum qildi.
Korxona rahbariyati va maxsus ishchi guruhi voqea joyiga borib, voqeaning barcha holatlarini batafsil tekshirishdi, deb xabar berdi asiaplustj.info.







