Tojikistonda 4 magnitudali zilzila yuz berdi. Respublika hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo'mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, tabiiy ofat hech qanday halokatli oqibatlarga olib kelmadi.

“Zilzila o'chog'i Dushanbe shahridan 148 kilometr janubi-sharqda va respublikaning Rasht tumanidan 66 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Zilzila kuchi uning o'chog'ida 4 ball, Dushanbe shahrida esa 2 ballni tashkil etgan”, deyiladi xabarda.

Tojikiston milliy fanlar akademiyasi Geofizika xizmatining ma'lum qilishicha, zilzila 2024-yil 18-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:10 da qayd etilgan, tabiiy ofat oqibatida vayronagarchilik yuz bermagan, hech kim jabrlanmagan, deb xabar beradi tass.ru.