Qayd etilishicha, hozirda 67 ming gektarga yaqin yerga kimyoviy ishlov berilgan. Chigirtka eng koʼp Xatlon viloyatidagi ekinlarga (55,1 ming gektar) xavf solayotgani aytilmoqda.

Mamlakat qishloq xoʼjaligi vaziri Sulaymon Ziyozoda bir oy avval chigirtka tarqalishi toʼgʼrisida ogohlantirgan va mahalliy hokimiyatlarni hasharotlarga qarshi kurashish choralarini koʼrishga chaqirgan. Аmmo hasharotlar mamlakatning barcha hududlariga tarqalgani va qoʼshni mamlakatlar bilan hamkorlik qilish zarurligi sababli chigirtkalarga qarshi kurashish murakkablashmoqda.

BMT oziq-ovqat va qishloq xoʼjalik tashkilotining taʼkidlashicha, chigirtkalarning oʼrtacha galasi bir yil davomida ikki yarim ming kishini boqishi mumkin boʼlgan ekinlarni yoʼq qilishi mumkin.