Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlik holati va uni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Xususan, Tojikiston delegatsiyasi rahbari Qodirzoda tomonidan ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda soʻnggi 6 yil davomida jiddiy va ijobiy oʻzgarishlar yuz berayotgani taʼkidlandi.

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻzbek-xitoy olimlari hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini Tojikiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha oʻz takliflarini berdi. Vaksina roʻyxatga olingach, oʻzbek tomon hamkorlar bilan birgalikda 500 ming doza vaksina yuborishi koʻzda tutilmoqda.

Suhbat soʻngida Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasida innovatsion ishbilarmonlik va startap loyihalari doirasida tajriba almashishga kelishib olindi.