Tojikiston davlat qo'g'irchoq teatri direktori Safarzoda Izzatullo hamda Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatri direktori Tavakkal Sultonov teatrlararo hamkorlik memorandumi imzolagan edi.

Prezidentimizning “O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2018-yil 28-noyabrdagi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov taklifiga binoan, kuni kecha Tojikiston davlat qo'g'irchoq teatri jamoasi Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatriga etib keldi, deb yozmoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

O'ylaymizki, o'zaro hamkorligimiz teatrlarimiz faoliyatiga yangicha yondashuvlarda muhim omil bo'ladi.