— Shu oʻrinda Olimpiya oʻyinlarida jamoaviy sport turlari boʻyicha sezilarli natijaga erisha olmaganimizni ochiq tan olishimiz kerak. Bu hol mutasaddi rahbarlarni jiddiy oʻylantirishi zarur.
Agar kimdir, bundan keyin ham oldingi Olimpiya oʻyinlarida boʻlgani kabi, faqat yakkakurash sport turlari hisobidan yutuqlarga erishamiz, deb oʻylasa, adashadi. Bilib qoʻyinglar, bu – mutlaqo notoʻgʻri yondashuv.
Boʻlgʻusi Olimpiada oldidan futbol, basketbol, gandbol, chim ustida xokkey, regbi, voleybol singari jamoaviy sport turlari boʻyicha ham yoʻllanmalarni qoʻlga kiritish asosiy maqsadimiz boʻlishi zarur.
Shu maqsadda sport menejmenti boʻyicha nufuzli xalqaro kompaniyalardan birini jalb etgan holda, mamlakatimizda ushbu sohada boshqaruv tizimining har bir boʻgʻinini auditdan oʻtkazish maqsadga muvofiq.
Abduhakimov Milliy olimpiya qoʻmitasi va Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar audit natijalariga asosan jismoniy tarbiya va sportni hamda sport federatsiyalari boshqaruv tizimini yana-da takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqib kiritsin".