Tokioda Andijon viloyatining biznes va turizm salohiyati bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

    UNIDOga 170 ta davlat a'zo bo'lib, uning asosiy strategik ustuvor yo'nalishlari qatoridan mamlakatlarning rivojlanish yo'llarini yaratish joy olgan.

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNIDO — sanoatni rivojlantirish tashkiloti ( UNIDO | United Nations Industrial Development Organization) ofisida bo'lib o'tgan mazkur seminarda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov so'z oldi.

    Xalqaro tashkilot mutasaddilari va mavzuga xalqaro darajada aloqador bo'lgan mutasaddilar oldida Andijon haqidagi ma'lumotlar shaxsan viloyat rahbari tomonidan so'zlab borildi.

    Ma'lumot uchun: UNIDOga 170 ta davlat a'zo bo'lib, uning asosiy strategik ustuvor yo'nalishlari qatoridan mamlakatlarning rivojlanish yo'llarini yaratish joy olgan.

    Shuningdek, iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ta'lim muassasalari va institutilar rivojini mustahkamlash ham YUNIDOning (Organizatsiya Ob'edinennыx Natsiy po promыshlennomu razvitiyu) asosiy maqsadlaridan sanaladi.