Toʻlangan keshbeklar 180 milliard soʻmdan oshdi — Davlat soliq qoʻmitasi

    Moliya 28 Iyun 2022 1410

    May oyi uchun 509 781 nafar isteʼmolchiga 53,8 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.

    Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-aprel oylari uchun yana 1,8 mlrd soʻm keshbek tasdiqlandi.

    Yil boshidan buyon 673 597 nafar fuqaroga 180,5 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.

    Tasdiqlangan keshbek summasini bugundan boshlab bank plastik kartalariga oʻtkazib olish mumkin, deya xabar beradi Davlat soliq qoʻmitasi axborot xizmati.

    Shuningdek, joriy yilning 1-yanvaridan 27-iyunigacha cheklari eng koʻp roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlari – TOP-10ligini ham eʼlon qildi.

    Unga koʻra:

    1. Anglesey food 4,9 mln. ta

    2. Havas food 2,5 mln. ta

    3. Darvoza savdo 1,5 mln. ta

    4. Inspired 1,2 mln. ta

    5. UNG Petro 968 mln. ta

    6. Namangan istiqlol bogʻi 495,7 mln. ta

    7. International foodchain 456,2 mln. ta

    8. Sharqona yagona savdo 446,7 mln. ta

    9. Best quality products 324,9 mln. ta

    10. Osiyo trade biznes 258,7 mln. ta