To‘langan keshbeklar 248 milliard soʻmdan oshdi

    Moliya 26 Iyul 2022 1467

    Iyun oyi uchun 637 115 nafar isteʼmolchiga 61,9 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.

    Bu haqda Davlat soliq qo'mitasi xabar bermoqda.

    Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-may oylari uchun yana 732,2 mln so'm keshbek tasdiqlandi.

    Yil boshidan buyon 885 829 nafar fuqaroga 248,6 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.