To'liq elektr tokida harakatlanadigan yirik yuk mashinasi ishlab chiqarildi

    Togʻ-konda harakatlanishga moʻljallangan yuk mashina 2650 ot kuchiga ega boʻlib, toʻliq elektrda yuradi.

    Ogʻir uskunalar ishlab chiqaruvchi Caterpillar kompaniyasi 793 Electric deb nomlangan, 2650 ot kuchiga ega boʻlgan, toʻliq elektrda yuradigan, togʻ-konda harakatlanishga moʻljallangan yuk mashinasi prototipini namoyish etdi.

    Yuk mashinasi kompaniyaning Arizona shtatidagi poligonida sinovdan oʻtkazildi. Samosval 265 tonna ogʻirlikdagi yukni 7 kilometr masofaga olib oʻtgan (taqqoslash uchun, dunyodagi eng kuchli togʻ-kon samosvalining yuk koʻtarish quvvati BelAZ-75710 450 tonna). Maksimal tezlik 60 km/soatga yetdi.

    Yoʻlda u 10 graduslik nishabga 12 km/soat tezlikda koʻtarildi. Togʻ-kon yoʻnalishidagi yirik kompaniyalar – BHP, Freeport-McMoRan, Newmont Corporation, Rio Tinto hamda Teck Resources Limited Caterpillar kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Chunki mazkur kompaniyalar kelajakda oʻz faoliyatlarida bu turdagi elektr yuk mashinalaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.