Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026-oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun toʻlovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Bunda:

  • qabul parametri doirasida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida;
  • tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super) asosida oʻqish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik oʻqitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.