Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi hamda “Namangan” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatdan mazkur viloyatda faoliyat yurituvchi korxonalardan birining nomiga keltirilgan import tovarlari belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada, yuklar orasida yoʻl yuk-kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, qiymati 467 million soʻmlik tikuvchilikda foydalaniladigan 17 ming 517m2 sintetik matolar borligi aniqlandi.