Shu boisdan, viloyat hokimi Murotjon Azimov chempionning oʻzi va yaqin qarindoshlari hamda murabbiyi bilan uchrashib, erishilgan gʻalabalar bilan tabriklagan holda Parij - 2024 Olimpiya oʻyinlarida ham qoʻshaloq oltin medallar bilan qaytishini tilab qoldi.
Shuningdek, yurtimiz bayrogʻini koʻklarga koʻtargan sportchi va uning murabbiyi viloyat rahbari tomonidan mos ravishda 30 mln hamda 10 mln. soʻmlik pul mablagʻi sertifikatlari bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, Tursunoy Jabborova 2019-yili Las-Vegas (AQSH)da oʻsmirlar oʻrtasidagi JCHda oltin va kumush, oʻtgan yili Toshkentda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medallarga sazovor boʻlgan.