CES 2024 ko‘rgazmasida Philips Palm Recognition Smart Deadbolt eshik qulfini taqdim etdi. Uning asosiy xususiyati kaftdagi tomir skaneri o'rnatilgan.
Boshqa aqlli qulflarda odatda egasini aniqlash uchun barmoq izlari skaneri bo‘ladi, biroq Philips’ning yangi mahsulotiga hatto teginish ham shart emas – ochiq kaftingizni qulf skaneriga cho‘zsangiz kifoya.
Philips kompaniyasining aytishicha, yangi skaner deyarli xatosiz ishlaydi. Noto'g'ri qulfni ochib yuborish xavfi barmoq yoki yuz skanerlariga qaraganda ancha past. Yangi texnologiyaning yana bir afzalligi shundaki, qo‘lingiz jarohat olgan yoki iflos bo‘lgan holatda ham qulfni ochishingiz mumkin. Barmoq izlari skanerlarida esa qulfni ochish uchun qo'llaringiz doimo toza va jarohat yetmagan bo'lishi kerak.
Ma'lumotlarga ko'ra, Palm Recognition Smart Deadbolt qulfi ikkta rejimda ishlaydi, aqlli va klassik. Qurilmani ilova, «Google Assistant» ovozli yordamchisi va Alexa yordamida boshqarishingiz mumkin. Misol uchun, ovozli yordamchiga "eshikni ochishni" yoki qulflab qo‘yishni aytishingiz mumkin.