Ushbu qulupnayning boshqalaridan farqi shundaki, uni issiqxonada, yilning istalgan muddatida, yaʼni yil boʻyi yetishtirib, hosil olish mumkin.
Bundan tashqari, “Tong ifori”ining hosildorligi juda yuqori. Har bir koʻchatdan 0,5 kilogramgacha qulupnay hosilini olish mumkin. Hozirda ilmiy-tajriba stansiyasining issiqxonasida qulupnay koʻchatlari ekilgan boʻlib, ularni koʻpaytirish va aholi isteʼmoliga yoʻnaltirish maqsadida koʻproq maydonlarda ekilishini taʼminlash rejalashtirilgan.
Qulupnayning bir tupidan 10 tagacha hosil shoxi chiqadi va ularning har biridan 4 tagacha koʻchat olish mumkin boʻladi. Yaʼni bitta tupdan 40 tagacha koʻchat olish mumkin. Eʼtiborlisi, qulupnayning hosil shoxlari tuproqqa tushganida koʻchat hosil boʻlaveradi. U koʻchat rivojlangach, keyingi shoxdan yana koʻchat hosil boʻlishga kirishadi. Shu tariqa u shoxdan koʻpayaveradi.