Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi qaroriga muvofiq, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish xizmati joriy etildi.

Agar bu sizni qiziqtirgan mavzu boʻlsa, oynalari tusi oʻzgartirilgan avtomobilingizda avvalo qulay va hech qanday jarimasiz yurishni istasangiz, my.gov.uz manziliga murojaat qiling!

Haydovchilarga yana bir maʼqul jihati, endi avtotransport oynasiga STIKER majburiy ravishda yopishtirilmaydi!

Yagona portalda, shuningdek, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish imkoniyati ham yaratilgan.

Qayta rasmiylashtirishda – avtotransport vositasi ikkilamchi bozordan sotib olinganida, texpasport (avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtgan guvohnomasi) mulkdori yoki davlat raqam belgisi oʻzgargan hollarda avtotransport vositasiga rasmiylashtirilgan “tonirovka” ruxsatnomasiga onlayn tarzda BEPUL oʻzgartirishlar kiritish mumkin.

Shuningdek, oynalarni tusini oʻzgartirishga berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish (avtotransport vositasining mulkdori, davlat raqam belgisi oʻzgargan taqdirda) elektron davlat xizmati joriy yilning 1-oktyabr kunidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Xizmat sinov tariqasida ishga tushirilganligini inobatga olib, qisqa uzilishlar boʻlishi mumkinligi haqida OGOHLANTIRAMIZ!