Toʻpponcha va harbiy anjomlarni mamlakatga olib kirmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

    Toshkent viloyati “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti orqali noqonuniy ravishda olib kirishga urinilgan qurol toʻxtatib qolindi.

    Chegara postiga kirib kelgan avtotransport vositasi bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtkazildi.

    Maʼlum qilinishicha, avtomobil yukxonasida bojxona nazoratidan yashirilgan 1 dona “Makarov” rusumli toʻpponcha, 2 dona tigʻli sovuq qurol, turli xil harbiy anjomlar hamda 3 dona polietilen paketda quritilgan giyohlar borligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.

    Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.