Toqayev Sun'iy intellekt vazirligini tashkil etishni taklif qildi

    Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev sun'iy intellekt vazirligi tashkil etish zarurligini ma'lum qildi.

    Qozog'iston byurosi xabariga ko'ra, bu haqda Toqayev mamlakat parlamentida xalqqa navbatdagi murojaati chog'ida aytgan.

    “Vazirlikni bosh vazir o'rinbosari darajasidagi mutaxassis boshqarishi kerak”, dedi Toqayev.

    Uning ta'kidlashicha, boshqarma Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi negizida tashkil etiladi.

    Toqayev, shuningdek, noqonuniy aktivlarni qaytarish qo'mitasini tugatish va investorlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha qo'mita tuzish rejalarini ham ma'lum qildi, deb xabar berdi report.az.

    “Aktivlarni qaytarish qo'mitasi nomini Investorlar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi deb o'zgartirish vaqti keldi”, dedi Prezident.