UZTEX kompaniyalar guruhi Oʻzbekistonda, shuningdek, Markaziy Osiyoda ushbu standartni olgan birinchi korxona boʻldi. Oʻtgan yil 25-dekabrda kompaniya rasmiy sertifikat topshirish marosimini oʻtkazdi.

WRAP sertifikati ijtimoiy standartlarning eng murakkablaridan biri boʻlib, UZTEX Group dagi ishlab chiqarish AQSHga mahsulot eksport qilish uchun zarur boʻlgan barcha ijtimoiy meʼyor va qoidalarga muvofiqligini tasdiqlaydi. Ushbu qadam Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati eʼtibor qaratayotgan sifat va axloqning yuqori standartlarini aks ettiradi.

Sertifikat “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining “Textile Standard Service” kompaniyasi yordamida olingan va rasmiy ravishda WRAP ning muvofiqlik boʻyicha katta direktori Xong Mey tomonidan berildi.

Eslatib oʻtamiz, UZTEX Oʻzbekistonda ham, Markaziy Osiyoda ham ushbu standartni olgan birinchi korxona boʻldi. Ayni paytda yana 10 ta korxona WRAP sertifikatini olish bosqichida, deb xabar beradi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati.