“Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, shu yilning 28-maydan 2-iyungacha kutilayotgan yomgʻir sababli respublikaning quyidagi togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Qashqadaryo viloyati:

  • Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati:

  • Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobod tumanlarida;

Samarqand viloyati:

  • Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati:

  • Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati:

  • Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati:

  • Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati:

  • Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

Fargʻona viloyati:

  • Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati:

  • Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel kelish xavfi eʼlon qilindi.