Qayd etilishicha fuqaro bilan “Termiz Lada” MCHJ o'rtasida tuzilgan shartnoma shartlari buzilgan. YA'ni  iste'molchiga mashina o'z vaqtida etkazib berilmagan. SHu sababli fuqaro N. Allanazarov oldindan amalga oshirgan  54 905 000 (ellik to'rt million to'qqiz yuz besh ming)so'mlik to'lovni qaytarib berishini talab qilgan. Ish yuzasidan  Surxondaryo viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan murojaat atroflicha o'rganib chiqildi va iste'molchiga 54 905 000 (ellik to'rt million to'qqiz yuz besh ming)so'm miqdordagi mablag'i qaytarildi. 

YAna bir ana shunday murojaat Surxondaryo viloyati SHerobod tumani, “Oqtepa” mahallasida yashovchi fuqaro O. SHoto'raev tomonidan yo'llandi. Mazmuni jihatdan yuqoridagi murojaat bilan deyarli bir xil. YA'ni O. SHoto'raev ham  “Termiz Lada” MCHJga avtomashina olish maqsadida to'lagan 37 000 000 (o'ttiz etti million) so'm mablag'ini qaytarib olish uchun amaliy yordam so'ragan. Ish yuzasidan  Surxondaryo viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan murojaat atroflicha o'rganib chiqildi va iste'molchiga 37 000 000 (o'ttiz etti million)  so'm miqdordagi mablag'i qaytarildi. Har ikkala fuqaro   iste'molchi sifatidagi huquqlari tiklanganidan minnatdor.

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini
 himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 
 axborot xizmati