– Bu yil barchamiz ogʻir sinovdan oʻtayapmiz, – dedi viloyat rahbari. – Dunyoga chang solgan pandemiya rejalarimizni oʻzgartirib yubordi. Baʼzi ishlarimiz orqaga surildi. Bir muddat sayyor qabullarni toʻxtatib turishga toʻgʻri keldi. Karantin talablari yumshatilganidan foydalanib, sizlarning dardu-tashvishlaringizni tinglash va muammolaringizni hal etish uchun keldik. Aslida yechimsiz muammoning oʻzi yoʻq. Lekin, loqaydlik bor. Sizlar oʻrtaga tashlaydigan muassasalalarni koʻpaylashib hal etamiz. Faqat, koronavirus balosidan ehtiyot boʻlishlaringizni, buning uchun belgilangan karantin talablariga qatʼiy rioya etishlaringizni soʻraymiz.

Qaldirgʻoch mahallasi tuman markazidan eng olisda joylashgan hududlardan biri. Beshta qishloqdan iborat mahallada besh mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Sayyor qabulda fuqarolar eskirgan elektr simlari va ustunlarini yangisiga almashtirish, ichki yoʻllarga tosh va shagʻal yotqizish, maishiy gaz balloni, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, uy-joy qurish uchun yer ajratish, kredit olishga koʻmaklashish, qishloq-vrachlik punktiga qoʻshimcha bino, maktabgacha taʼlim muassasasi qurish kabi masalalarda murojaat etdi.

¬Chekka mahallamizga shu paytgacha viloyat rahbari kelib, bizdan xol-ahvol soʻramagan, ,¬ deydi fuqaro X.Suyunov.¬ Bugun viloyat hokimi kelganini eshitib juda quvondik. Xursandchiligimizdan bor dardimizni ochiq aytdik. Masalan, hududda telefonda suhbatlashish sifati talabga javob bermaydi, internet yaxshi ishlamaydi. Mahallada yettita maktab mavjud. Bundan tashqari koʻplab yoshlarimiz oliy taʼlim muassasalarida oʻqiydi. Shu bois hozirgi karantin davrida farzandlarimiz onlayn darslarni chuqur oʻzlashtirishda muammolarga duch kelmoqda. Men shu masalani oʻrtaga tashladim. Muammo yaqin kunlarda oʻz yechimini topadigan boʻldi. Buni mamlakatimizda farzandlarimiz kelajagiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor ifodasi, deb bildik.

Qabul chogʻida koʻtarilgan barcha masalalar joyida mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhokama etilib, hal etish yoʻllari koʻrildi. Muddat talab etiladigan masalalar boʻyicha zarur choralar belgilanib, ularning yechimi qatʼiy nazoratga olindi.