Bahor ob-havosining moʻtadil kelgani hisobga olib, tumanda bugun chigit ekish boshlab yuborildi. Bobodehqonlarimiz bejizga “erta ekkan erta yigʻar”, deyishmagan.

Koʻp tarmoqli “Ahmadjonov Abdullajon” fermer xoʻjaligi dalalarida Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan, bir paytning oʻzida ochar olish, chigit ekish, plyonka qadash, oʻgʻit solish jarayonlarini teng bajaradigan texnika yordamida yaxshi niyat bilan yerga urugʻ qadaldi.