Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi yildan-yilga rivojlanib bormoqda va bu sohada muhim islohotlarni joriy etishni taqozo etyapti. Hukumat topshirigʻi bilan joylarda Agromarkazlar tashkil qilinib, tizimda servis xizmatlari koʻrsatish yoʻlga qoʻyilyapti.
Toʻraqoʻrgʻon tumanida “Shohidon burguti” fermer xoʻjaligi rahbari Abdulhodi Azizov loyihasi asosida shunday markaz faoliyat boshladi.
Markazda oʻsimliklarni himoya qilish laboratoriyasi, veterinariya dorixonasi, agronom maslahati, urugʻ va koʻchatlar yetkazib berish, aholi xonadonlariga issiqxonalar qurish, agromarket doʻkoni, mini texnikalar sotish va ularning xizmatini tavsiya etish kabi yoʻnalishlar mavjud.
Shuningdek, meva-sabzavotlarni sotib olish, saralash qayta ishlash, qadoqlash va saqlash, manzarali daraxt va landshaft xizmati, inkubator, oʻquv markazi, muzlatkich, qishloq xoʻjaligi sugʻurta xizmatlari, avtomatlashtirilgan bank xizmatlari, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish ham loyihaning keyingi bosqichidan oʻrin olgan.
Ushbu xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish uchun “Agrobank” tuman filiali tomonidan 1 milliard soʻm kredit ajratildi, yana shuncha mablagʻ loyiha egasi hisobidan sarflanmoqda, deyiladi Toʻraqoʻrgʻon tuman hokimligi axborot xizmati xabarida