Maʼlum qilinishicha, haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan R.I. "Isuzu" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda transport vositasining tormozi ishlamay qolgan va o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan 3 ta "Nexia" va 2 ta "Cobalt" rusumli avtomobillarga to‘qnashgan.
Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
"Mazkur YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.