“Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, ushbu suratda Vena shahridagi BMT vakolatxonasi binosi oldida oʻrnatilgan yodgorlik - toʻrt buyuk mutafakkir – Abu Ali ibn Sino(Avitsenna), Umar Hayyom, Abu Rayhon Beruniy va Zakariyo ar-Roziyning haykallari aks etgan.
“Ulugʻbek unutildi. U buyuk olim va arbob boʻlgan,” - deb yozadi Yevgeniya Vaselkina.
Yelena Chepurnaya esa shunday izoh beradi: “Bu olimlar va shoirlar qoldirgan meros butun insoniyatga tegishli bebaho boylikdir. Ajoyib yodgorlik.”
- Ushbu satrlarni oʻqiganimda ana shu buyuk allomalarning avlodi ekanligimdan gʻururlanib ketdim, - deydi Abdukarim Yusupov.
Albatta, alloma bobolarimiz haqida yozilgan bu kabi shaharlar va eʼtiroflar har birimizga faxr bagʻishlaydi. Biroq Mirzo Ulugʻbek unutila boshlagani haqidagi mulohazalarga eʼtirozimiz bor. Keyingi yillarda tariximizni, mutafakkir bobolarimiz merosini oʻrganishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu izlanishlar yaqin yillar ichida oʻz samarasini berishi aniq.