Madina shahridagi “PullMan Zam Zam” mehmonxonasida yurtdoshlarimiz karantin talablariga muvofiq har bir xonaga 2 kishidan qilib joylashtirilib, tibbiy niqobda yurishlari taʼminlanmoqda.
Ayni paytda Makkai mukarramada Buxoro, Namangan, Fargʻona, Samarqand, Toshkent, Xorazm, Andijon viloyati va Toshkent shahridan tashrif buyurgan ziyoratchilar 5 vaqt namozlarini Harami sharifda ado etish baxtiga muyassar boʻlmoqda. Bu yerda ziyoratchilarimiz Savr va Nur togʻlari, Arafot maydoni, Mino, Muzdalifa vodiylari kabi moʻtabar qadamjolarga tashrif buyurmoqda.