Uzoq yil radio-televideniyeda faoliyat koʻrsatgan ustoz jurnalist hozirda daromadgir gulchiga aylangan.
- Oʻn yildan beri gulchilik-koʻchatchilik bilan shugʻullanib kelaman. Oʻtgan yilgi daromadimiz 200 million soʻmni tashkil etdi. 1 sotixli issiqxonada 60 ming dona katarantus, petuniya, madxuri gul koʻchatlari parvarishlanmoqda. 13-14-aprelga tayyor boʻladi. Shuning oʻzidan kamida 60 million soʻm foyda olamiz. 2,5 sotix yerda 100 ming dona xrizantema koʻchatlarini yetishtiryapman. Ular iyul oyida tayyor boʻladi. Unga ham xaridor tayin. 15 ming donasini bugʻdoydan boʻshagan yerga eksam, 85 ming dona koʻchatni 85 million soʻmga sotamiz. Shu mehnat orqasidan uy qildik, toʻy qildik, mashina oldik. Beshta nabiramni shartnoma asosida oʻqitmoqdaman, - deydi choʻjalik faxriy jurnalist.
24 kv.m yerga 180 ming dona terak qalamcha tikilgan boʻlib, ular baravj rivojlanmoqda.
Usta-gulchi tomorqasida palma, buksus, yigʻlogʻi tut, lola daraxti, lavr yaprogʻi daraxti, magnoliya kabi buta va daraxtlar mavjud. Ularning oʻrtacha narxi 150 -400 ming soʻmdan ekanligini hisobga olsak, bu yilgi daromad ikki barobar koʻp boʻlishi koʻrinib turibdi.
Gulichehra DURDIYEVA