Zara 4 yoshu 5 oylik, u Chexiya va Kanada fuqarosi, lekin ota-onasi bilan Malayziyada yashaydi. U otasi va akasi bilan birgalikda Himoloy tog'lari bo'ylab 270 kilometrga yaqin masofani bosib o'tdi.
Otasining so'zlariga ko'ra, ular bolani tarbiyalashda mahalliy qabilalarning an'anaviy turmush tarzi tamoyillariga amal qilishadi. Uning qizi hech qachon iliq suvda cho'milmaydi. Aksincha, tez-tez muzli vannada cho'miladi. Shuning uchun u tog'larda minus 25 darajagacha past haroratdan cho'chimaydi. Bundan tashqari, mazkur oila ko'pincha noqulay sharoitga ega joylarga uzoq sayohat qilishadi. O'tgan yili ular Zara bilan birga o'rmon bo'ylab 2200 kilometr masofani bosib o'tishdi.
Zara Everestga ko'tarilishda ishtirok etgan eng yoshi kichik qiz. Biroq mazkur sayohatda qatnashgan eng yoshi kichik bola ikki yoshli Xeyzel Matulis bo'lib, u ota-onasi, akasi va opalari bilan bir xil balandlikka ko'tarilgan. Biroq Zara qishda sayohatga chiqdi, bu esa nisbatan qiyin, deb xabar beradi mir24.tv.