Bu haqda Qoraqalpogʻiston Suv xoʻjaligi vazirligi mazkur vaziyat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, ishchi kuchlari va maxsus texnika safarbar qilinib, ertalab soat 7:00 da kanaldan suv chiqqan joy butunlay yopilgan.

Suvning yuvilishi va kanal qirgʻoqlarining qulashi oqibatida 8 ta xonadonning uy-joylari va 2,5 gektar ekin maydonlari zarar koʻrgan.

Kanalda oʻtgan yilning kuz faslidan buyon suv sathi hozirgidek koʻtarilmagan va dastlabki taxminlarga koʻra, qirgʻoq kanal yoqasidagi kemiruvchilar uyasi orqali oʻpqon ochilib, yuqoridagi holat yuzaga kelgan.

Shuningdek, salbiy holatning yuzaga kelishida hududga biriktirilgan suvchilarning oʻz vazifasiga loqaydlik bilan qaragani yoki ayrim suv isteʼmolchilari (fermer, tomorqa yer egalari)ning suvni boshqarishda belgilangan meʼyor va talablarga boʻysunmasdan, oʻzboshimchalik bilan harakat qilgani holatlari ham tekshirilmoqda.

Ayni vaqtda ziyon miqdoriga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.