To'rtta ulkan asteroid Yer tomon uchmoqda

    Yaqin kunlarda Yer yonidan to'rtta yirik asteroid uchib o'tadi. Bu haqda NASA xabar berdi.

    Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ular Yer aholisi uchun xavf tug'dirmaydi, chunki ular bizning sayyoramizga 3,5 million kilometr uzoqlikkacha yaqinlashadi.

    “NASA potensial xavfli asteroidlar ro'yxatida Yerga 7,5 million kilometrdan kam masofada va diametri 150 metrdan ortiq bo'lgan obyektlarni kiritadi”, deyiladi kosmik agentlik xabarida.

    Sayyoramiz yonidan uchib o'tadigan asteroidlar orasida diametri 137 metr bo'lgan 2012 DK31 ham bor, u Yerdan 4,8 million kilometr uzoqlikda uchib o'tadi. Asteroid - 2006 BE55 ning diametri 137 metrni tashkil etadi va Yerdan 3,5 million kilometr masofada uchib o'tadi.

    3-mart, juma kuni Yer yonidan ikkita yirik asteroid uchib o'tadi. Bular diametri 213 metr bo'lgan – 2007 ED125 va diametri 76 metr bo'lgan – 2021 QW.

    Eslatib o'tamiz, avvalroq Yerga 30 mingga yaqin potensial xavfli asteroid yaqinlashgan edi. Ular sayyoraning orbital yo'lidan 45 million km uzoqlikda joylashgan, deyiladi korrespondent.net saytida.