Toshkent shahar IIBB holatga munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, o‘tkazilgan tekshiruv va o‘rganishlar natijasida shahar IIBB va uning quyi tizimlariga bu kabi holatlar yuzasidan murojaat kelib tushmaganligi aniqlandi.
"Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Agar siz bilan shu kabi holat sodir bo‘lgan bo‘lsa yoki shu kabi holatga duch kelsangiz, shuningdek ushbu shaxs haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz 71-206-42-54 yoki 102 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni yoki 97-778-99-65 telegramm raqami orqali xabar berishingizni yohud yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘raymiz", deyiladi xabarda.