Maʼlum qilinishicha, 2023-yil 9-noyabrdagi 5P-361/362 va 5P-363/364 reyslari bekor qilindi.

Аyni damda mahalliy aviatashuvchining 5P-363 reysini amalga oshirayotgan samolyot texnik sabablarga koʼra Madina aeroportida turibdi. Toshkentdan parvoz avvaliga kechiktirilgan edi, biroq ertalabdan u aviakompaniya tomonidan rasman bekor qilingan.

Ushbu reysning 246 nafar yoʼlovchisi Toshkent aeroportida 12 soat kutishdan soʼng "Panorama Airways" vakillari tomonidan mehmonxonalarga joylashtirildi.

Ushbu reyslarning joʼnab ketishi haqida maʼlumot olish uchun "Panorama Airways"" vakillariga murojaat qilish tavsiya etiladi.