Unga koʻra ushbu kunlarda Toshkent — Qarshi — Toshkent yoʻnalishida harakatlanuvchi 760/759-sonli “Afrosiyob” poyezdlari hamda Toshkent — Qarshi — Toshkent yoʻnalishida harakatlanuvchi 4/3-sonli “Nasaf” poyezdlarining 2 ta reysi Toshkent — Samarqand — Toshkent yoʻnalishida amalga oshiriladi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ matbuot xizmati.

Shuningdek, xabar orqali jamiyat rahbariyati yuzaga kelgan noqulaylik uchun yoʻlovchilardan uzr soʻraydi, hamda qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan olish mumkinligini eslatadi.