Bayram kunlarida yoʻlovchilarni tashish maqsadida 2023-yilning 9, 16, 23, 30-mart kunlari 60/59-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha 4ta reys harakati yoʻlga qoʻyildi.

Poyezd amaldagi jadvali asosida harakatlanadi:

  • 60-sonli “Toshkent — Andijon” yoʻnalishi
    • Toshkent 07:55 — Andijon 13:56
  • 59-sonli “Andijon — Toshkent” yoʻnalishi
    • Andijon 15:55 — Toshkent 21:45

Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.