2022-yil 21-maydan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent — Batumi — Toshkent xalqaro yoʻnalishi boʻyicha mavsumiy parvozlarni amalga oshiradi. 

Toshkentdan kurort shahriga aviaqatnovlar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz: Gruziyaga kirish uchun emlanganlik haqidagi sertifikatning asl nusxasini taqdim etishingiz kerak. Aks holda, 10 va undan katta yoshdagi yoʻlovchilar PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishlari kerak (amal qilish muddati 72 soat), deya xabar bermoqda Uzbekistan Airways