Toshkent – Nukus yoʻnalishida qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

    Toshkent – Nukus – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha uchta aviaqatnov amalga oshiriladi.

    Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar berdi.

    Qayd etilishicha, HY011/012 aviaqatnovi 29-iyul va 3-avgust kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

    — Toshkentdan joʻnab ketish soat 08:25;

    — Nukusga yetib borish soat 10:05;

    — Nukusdan joʻnab ketish soat 10:55;

    — Toshkentga yetib borish soat 12:15.

    HY015/016 aviaqatnovi 1-avgust kuni quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

    — Toshkentdan joʻnab ketish soat 13:00;

    — Nukusga yetib borish soat 14:40;

    — Nukusdan joʻnab ketish soat 15:30;

    — Toshkentga yetib borish soat 16:50.