Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.

Uchrashuvda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida “Veon” kompaniyalar guruhi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish ayniqsa magistral yoʻllarda mobil xizmatlarini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilinib, Toshkent - Samarqand yoʻnalishidagi tez yurar poyezdda yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatlari boʻyicha taqdimot ham oʻtkazildi.

Shu bilan birga “Veon” rahbariyati Toshkent - Samarqand yoʻnalishidagi tez yurar poyezdda sayohatchilar endi Beeline orqali yuqori tezlikdagi internetdan bemalol foydalanishlari mumkinligi boʻyicha axborot berdi.

Tomonlar ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yoʻnalishlar, jumladan, AKT masalalarida keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.