Termiz xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (kuchli shamol, ko'rishning yetarli darajada emasligi) sharoiti tufayli, bugun 2022 yil 4 iyul kungi  HY065 Toshkent – Termiz qatnovi vaqti 07:40 dan 12:10 ga ko'chirildi.

Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar bermoqda. 

Shu munosabat bilan, HY066 Termiz – Toshkent qatnovi vaqti ham majburiy ko'chiriladi.  

“Keltirilgan noqulayliklar uchun yo'lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so'raymiz. To'g'ri tushunishingizga umid qilamiz”, deyiladi xabarda.