Toshkent – Urganch – Toshkent yo'nalishida qo'shimcha poezdlar qatnovi yo'lga qo'yiladi

    21 iyuldan boshlab esa har haftaning chorshanba va juma kunlari soat 16:49 da Urganch vokzalidan doimiy ravishda qatnovini amalga oshiradi

    Toshkent – Urganch – Toshkent yo'nalishida qo'shimcha poezdlar qatnovi yo'lga qo'yiladi

    Yo'lovchilarga yanada ko'proq qulaylik yaratish maqsadida 2021 yil 20-21 iyul` kunlaridan “Toshkent – Urganch – Toshkent” yo'nalishida qo'shimcha 156/155 sonli yo'lovchi poezdlar qatnovi yo'lga qo'yiladi.

    Ushbu poezdlar 20 iyuldan har haftaning seshanba va payshanba kunlari soat 20:13 da Toshkent-Janubiy vokzalidan, 21 iyuldan boshlab esa har haftaning chorshanba va juma kunlari soat 16:49 da Urganch vokzalidan doimiy ravishda qatnovini amalga oshiradi.

    Qo'shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan olish mumkin.

    O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati