4-oktyabr kuni Toshkent-1 Gaz taqsimlash stansiyasiga kirish quvurida tabiiy gaz sizib chiqish holati sodir boʻldi.

Maʼlum qilinishicha, soat 13.00 da aniqlangan favqulodda holatni bartaraf etish uchun stansiya faoliyatini vaqtincha toʻxtatish zarurati paydo boʻldi.

“Oʻztransgaz” AJ Markaziy dispetcherlik departamenti bilan maslahatlashilgan holda Toshkent-1 stansiyas orqali tabiy gaz bilan taʼminlanadigan isteʼmolchilarga telefonogramma yuborildi. Ularning roziligi bilan quvurni taʼmirlash uchun 15 soatga stansiyani tarmoqdan ajratish chorasi koʻrildi.

Hozirda Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasining rahbariyati boshchiligidagi ishchi gurux voqea joyida boʻlib turibdi.

Bugun ertalab soat 08:10 dan boshlangan taʼmirlash ishlari davom etmoqda. Taʼmir ishlarini bugun soat 23:00 ga qadar yakunlash koʻzda tutilgan.

Taʼmirlash ishlari yakunlanishi bilan stansiya tabiiy gaz tarmogʻiga ulanadi.

Hozirda Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasining rahbariyati boshchiligidagi ishchi gurux voqea joyida boʻlib turibdi. Bu haqda “Oʻztransgaz” matbuot xizmati xabar qilmoqda.